MG 23—25-oktyabr kunlari Central Asian Expo ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan TIAS (Tashkent International Auto Show) ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Boy tarixga va zamonaviy dizaynga ega mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi MG kompaniyasi 23—25-oktyabr kunlari Central Asian Expo ko‘rgazma markazida o‘tkazilgan TIAS avtomobil ko‘rgazmasida qatnashdi. “Britaniya nafosati” uslubida bezatilgan noyob ko‘rgazma stendida MG o‘zining eng sara modellarini namoyish etdi va tashrif buyuruvchilarga nafislik, innovatsiyalar va tengsiz Britaniya uslubi olamiga sho‘ng‘ish imkonini berdi.

Stendda MG’ning eng ko‘zni qamashtiruvchi modellari markaziy o‘rinni egalladi. Tashrif buyuruvchilar afsonaviy Cyberster rodsteri, sport liftbek 7, o‘ta qulay HS krossoveri va ZS krossoverini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib baholadilar. Har bir model ilg‘or texnologiyalar, hashamatli salon va yuksak samaradorlikni o‘zida mujassam etgan. Erkinlik va sport ruhi timsoli bo‘lgan mashhur ZS’ga alohida e’tibor qaratildi, u butun dunyo bo‘ylab avtomobil ishqibozlari qalbini zabt etgan. Uning klassik chiziqlari va kuchli dvigateli hatto eng talabchan mutaxassislarni ham hayratga soldi. Tashrif buyuruvchilar nafaqat avtomobilni ko‘rishdi, balki uning qulayligi, bezatilish sifati va zamonaviy funksional imkoniyatlarini shaxsan baholashdi. MG mutaxassislari ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning barcha savollariga javob berish, sinovdan o‘tkazish va eng mos avtomobilni tanlashda yordam berish uchun doimo joyida hozir bo‘lishdi.

Ilk bor ommaga dinamik dizayn va zamonaviy texnologik yechimlarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy va nafis MG avtomobillari taqdim etildi. Bu eng talabchan haydovchilarning ehtiyojlarini qondira oladigan Britaniya muhandislik tafakkurining haqiqiy namunasidir.

MG avtomobillarini yig‘ish Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi SAIC Motor zavodida amalga oshiriladi. U ketma-ket 18 yildan ortiq vaqt davomida Xitoyda ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. SAIC Motor — ishlab chiqarish sifatining xalqaro standartlariga javob beradigan dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisidir.

MG ekspozitsiyasi — bu shunchaki avtomobillar namoyishi emas. Bu yorqin taassurotlar va interaktiv ko‘ngilochar tadbirlarga to‘la haqiqiy tomoshadir. Tashrif buyuruvchilar Britaniya hashamati muhitini his qilish va zamonaviy avtomobillar fonida suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Brend vakillari ko‘rgazma ishtirokchilarini befarq qoldirmagan qiziqarli dastur o‘tkazdilar.

“Biz TIAS ko‘rgazmasida ishtirok etishdan va eng so‘nggi modellarimizni keng jamoatchilikka taqdim etishdan juda mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, avtomobillarimiz O‘zbekiston aholisida unutilmas taassurot qoldiradi. Bu MG sifati va uslubini shaxsan baholash, shuningdek, mutaxassislarimiz bilan tanishish va batafsil maslahat olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi,” — dedi K.V.Valixovskiy, MG Motor kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori.