Kompaniya haqida
Britaniyaning MG avtomobil brendi 1924-yilda tashkil topgan, kompaniya o‘sha vaqtdan buyon dunyo ishonchini qozona oldi.
O‘tgan yillar davomida MG brendi texnologik yutuqlar va innovatsion texnologiyalarning uzoq tarixiga asoslanib, tejamkor, ishonchli va hayratlanarli avtomobillar bo‘yicha jahon avtomobil bozorida o‘z obro‘sini mustahkamladi.
Har bir avtomobil o‘ziga xos hikoyasiga ega va beqiyos haydash tajribasini taqdim etadi.
MG BRENDI TARIXI
1923-yil
OLD NUMBER ONE
Sesil Kimber sotuvchi sifatidagi ishini tark etgach, uy garajida mashinalar bilan shug‘ullana boshladi. Uning Old Number One deb nomlangan birinchi mashinasi 1925-yilda Land’s End Trialda muvaffaqiyatli oltin medalni qo‘lga kiritdi
1933-yil
MG К3 Мagnette
MG K3 Magnette Italiyada bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng qiyin poyga musobaqalaridan biri bo‘lgan Mille Miglia musobaqasida g‘olib chiqdi. Ushbu g‘alaba bilan MG 1100 sm/kub toifasida ushbu poyga musobaqasida g‘olib chiqqan birinchi italiyalik bo‘lmagan marka bo‘ldi.
1945-yil
MG TC
MG o‘z davrining eng so‘nggi imkoniyatlari bilan jihozlangan MG TC modelini taqdim etdi. Ushbu mashina taxminan 2000 dona sotilgan va Amerikada ingliz sport avtomobillariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib bergan.
1956-yil
MG ZB Мagnette
Avvaliga MG ZB Magnette ko‘plab savollarni tug‘dirdi. Biroq o‘zining ajoyib xususiyatlari tufayli Magnette qisqa vaqt ichida odamlar orasida sevimli avtomobilga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.
1957-yil
MG EX181
MG EX181 quruqlikda 245,64 milya tezlik bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Keyin Bonneville sho‘rxok yerlarida ser Stirling Moss boshqaruvida tezligini soatiga 254,91 milyaga yetkazgan holda MG 1959-yilda o‘z rekordini yangiladi.
1959-yil
MGA BOND
MG bir qadam oldinga chiqdi va mashhur MGA 1500’ning takomillashtirilgan versiyasi bo‘lgan MGA’ni taqdim etdi. 1588 sm/kub hajmli dvigatel bilan jihozlangan MGA qo‘shimcha 6 ot kuchi bilan ta’minlanib, haydovchilarga o‘zlarini “uchib ketayotgandek” hissiyot taqdim etdi.
1962-yil
MGC MGB
Shahzoda Charlz barcha davrlarning eng arzon sport avtomobili bo‘lgan MGC MGB’ni sotib oldi. Ushbu mashina juda mashhur bo‘lib, 500 000 dan ortiq dona ishlab chiqarilgan. Shahzoda Charlz kollejda o‘qib yurgan paytida MGB’ning “katta akasi” bo‘lgan MGC’ni sotib oldi.
1982-yil
MG Меtro
“Abingdon eshiklari” yopilgandan so‘ng ko‘pchilik MG davri tugadi, deb o‘yladi. Aksincha, MG qaytib keldi va ixcham MG Metro modelini taqdim etdi.
1983-yil
MG Maestro
Vaqt o‘tishi bilan avtomobilning dizayni ham o‘zgardi. Metro MG Maestro va undan keyin MG Maestro Turbo kabi ajoyib xususiyat va boshqaruvga ega besh eshikli mukammal xetchbeklarga yo‘l ochildi.
2000-yil
MG TF
MG yangi ming yillikni MGF’ning yangilanishi bo‘lgan MG TF bilan kutib oldi. Keyin qaynoq MG ZR xetchbeki, shuningdek, ikkita sport sedanlari paydo bo‘ldi: MG ZS va MG ZT. MG avtomobil dunyosiga qaytdi.
2011-yil
MG3
Kelajakka nazar tashlab, MG shaxsiylashtirilgan narsalarni taqdim etish zarurligini tushundi. MG iste’molchilarga o‘z avtomobillarini yaratish erkinligini berib, MG3’ni bir nechta sozlash imkoniyatlari bilan taqdim etdi.
2012-yil
MG5
MG5 yulduzga aylandi va ajoyib tashqi dizayni, hashamatli interyeri va agressiv to‘rt silindrli VTi-Tech benzinli dvigateli bilan ajoyib ixcham avtomobil sifatida tanildi.
2015-yil
MG GS
Innovatsiyalar an’anasini davom ettirgan holda MG o‘zining birinchi yo‘ltanlamas avtomobili sifatida MG GS’ni chiqardi. Yaxshilangan manyovrliligi bilan MG GS haydovchilarga ham asfaltlangan, ham qatnov qismidan tashqari yo‘llarda bemalol harakat qilish imkonini beradi.
2017-yil
E-Motion
E-Motion internetga mos keladigan axborot-ko‘ngilochar tizim bilan birga taqdim etiladi va sof elektr modulli arxitektura platformasida qurilgan. Bu avtomobil 4 soniyadan kamroq vaqt ichida 0 dan 100 km/soatgacha tezlasha oladi va 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Hozir
MG Maze
Advanced Design Studio jamoasining o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqi va Londondagi ajoyib g‘oyalari MG Maze modelini dunyoga keltirdi. Ushbu ilg‘or konsept-karni smartfon ekrani orqali to‘liq boshqarish mumkin.