Zamonaviy shourum

Kundalik sayohatlaringizda mukammal hamroh bo‘ladigan yangi avtomobilni orzu qilganmisiz? Endi sizda ana shunday noyob imkoniyat paydo bo‘ladi! Afsonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan MG Motor istalgan inson hashamat va qulaylik olamiga sho‘ng‘ishi mumkin bo‘lgan yangi avtomobil shourumini taqdim etgan holda, O‘zbekiston bozoriga o‘z eshiklarini ochadi.

Zamonaviy shourum Furqat ko‘chasi, 3a-uy manzilida joylashgan bo‘lib, yetib borish uchun qulay yo‘lga ega bo‘ladi. O‘zbekiston bozorida taqdim etilayotgan barcha avtomobil modellari namoyish etiladi, ya’ni:

· MG 4 EV;

· MG RX5;

· MG 7;

· MG Cyberster;

· MG ZS.

Shu bilan birga, MG RX5, MG 7, MG Cyberster va MG 4 EV modellari buyurtma asosida, MG ZS nusxalari esa shourumda mavjud bo‘ladi.

Yangi avtomobillarning har bir modeli nafis dizayn, ilg‘or texnologiyalar va eng yuqori sifatning uyg‘unligini anglatadi. Zamonaviy sedan, yo‘ltanlamas yoki sport avtomobili bo‘ladimi, MG Motor eng nozik didga ham mos keladigan turli xil modellarni taklif etadi.

MG Motor shourumida sizni modellar, texnik xususiyatlar va komplektatsiyalar haqida barcha kerakli ma’lumotlarni baham ko‘rishga tayyor bo‘lgan tajribali konsultantlar kutib olishadi. Ular sizga ehtiyojlaringiz va xohishingizga mos keladigan avtomobilni tanlashda yordam beradi.

O‘zbekiston bozorida MG Motor avtomobil shourumining ochilishi qulaylik va ilg‘or texnologiyalar olamiga kirib borish uchun ajoyib imkoniyatdir. Shourumga tashrif buyuring, MG Motor avtomobillarining go‘zalligi va funksionalligiga baho bering, professional maslahat oling va mukammal avtomobilingizni tanlang!