MG Motor Uzbekistan kompaniyasi Uzbek Import Fair 2025 milliy ko‘rgazmasida ishtirok etib, o‘zining flagman modellari — MG Cyberster va MG7 ni taqdim etdi.
Ushbu avtomobillar brend falsafasini aks ettirib, britancha uslub, sport ruhi, innovatsiya va qulaylikni birlashtiradi. Ko‘rgazma mehmonlari MG avtomobillarining o‘ziga xos dizayni, salonidagi premium materiallar va ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Alohida e’tiborni elektr rodster MG Cyberster tortdi — u brendning yangi avlodini ifodalaydigan, sport xarakteri va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, MG7 modeli ham katta qiziqish uyg‘otdi — bu biznes sinfidagi nafis va qulay sedan bo‘lib, dinamika va elegansni o‘zida mujassam etadi.
MG brendining ushbu ko‘rgazmadagi ishtiroki kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashda va mamlakatda innovatsion avtomobil sanoatini rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatini namoyish etdi.
Uzbek Import Fair 2025 ko‘rgazmasi 7–9 oktabr kunlari “Uzexpocentre” majmuasida o‘tkazilmoqda.