Quvonchli xabar bilan bo’lishamiz:
MG Farg’ona savdo bo‘limi rahbari - Mo‘minov Bobirmurzo Muqum o‘g‘li - 2025-yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi savdo menejeri sifatida kompaniyaning munosib mukofotiga sazovor bo‘ldi!
Bu natija a’lo darajadagi jamoaviy ish, yuqori kasbiy samaradorlik va doimo bir qadam oldinda bo‘lishga intilishning ifodasidir.
Biz Bobirmurzoga MG brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, tashabbuskorligi va har kuni ishga olib keladigan o‘zgarmas energiyasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Faqat oldinga - eng yaxshilar bilan birga harakatlanishda davom etamiz!